So’nggi yangiliklar

22:51Ана холос! Mangu 3 турнирининг марказий жанги бекор бўлди — сабаби маълум 0 22:01Нажмиддин Қосимхожиев ва Марат Мавлонов Рим Гран-присида бронза медалларига эга чиқишди 0 19:48Топурия Гэтжининг хотини ҳақидаги сўзларига "ответ" қилди: "Тез орада гапиришдан тўхтайди" 0 19:02Василий Ломаченконинг рақиби айтилди 0 18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0 13:33UFC собиқ юлдузи иштирокида ўтиши керак бўлган Қозоғистондаги ММА турнири пул туфайли бекор бўлди 0 13:00Эрон терма жамоаси футболчилари ЖЧ-2026 бошланишига бир ҳафта қолганда АҚШга кириш визасини олишди 0 11:53"Жанглар бизнесдан осонроқ эди, чунки..." - Хабиб Нурмагомедов бизнес лойиҳалари ҳақида гапирди 0 10:31Билол Муҳаммад ва бошқалар. UFC Fight Night 278 турнири иштирокчилари тарозига чиқишди (+барча жанглар рўйхати) 0

11 apr 14:40
Yangiliklar

Kurash

“Adolat” SDP bilan hamkorlikda musobaqa o'tkazildi

O'zbekiston “Adolat” social-demokratik partiyasi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi hamkorligida musobaqa tashkil etildi.

Federaciya va partiya o'zaro aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va milliy sport turlariga bo'lgan etiborni oshirish maqsadida memorandum imzolagan edi. 

Ushbu kelishuv doirasida ayni paytda joylarda O'zbekiston “Adolat” SDP tomonidan milliy belbog'li kurash bo'yicha “Adolat kubogi” musobaqasining tuman, shahar va viloyat bosqichlari o'tkazilmoqda. 

Xususan, CHirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida O'zbekiston “Adolat” SDPning CHirchiq shahar kengashi hamda CHirchiq shahar jismoniy tarbiya va sport bo'limi hamkorligida 2000-2002 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida belbog'li kurash bo'yicha oltita vazn toifasida shahar bosqich bahslari bo'lib o'tdi.     

Qizg'in va murosasiz o'tgan bellashuvda Mansur Sodiqov (55 kg.), SHavkat Sulaymonxo'jaev (60 kg.), SHahzod Ulug'bekov (66 kg.), Manguberdi Imyanov (71 kg.), Jahongir Vohidov (77 kg.), Abdulatif Karimov (83 kg.)lar o'z vazn toifalarida birinchi o'rinni qo'lga kiritib, viloyat bosqichiga yo'llanma olishdi. 

Taqdirlash marosimida g'olib va sovrindorlar diplom hamda O'zbekiston “Adolat” SDP CHirchiq shahar Kengashi raisi Ravshan Dastirov tomonidan esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Malumot uchun, “Adolat kubogi” nomli musobaqaning Respublika final  bosqichi 17 may kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tadi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing