06 jan 07:53
Yangiliklar
Afrika Millatlar Kubogi. Saloh gol urdi, Misr qo'shimcha taymlarda Benin to'sig'idan o'tdi
"Adrar" stadionida kechgan bahsda "firavnlar" qiyinchilik bilan g'alabani qo'lga kiritib, chorak final yo'llanmasiga ega chiqishdi.
Uchrashuvning asosiy vaqtida jangovar durang qayd etildi. 70-daqiqada Marvan Attiya hisobni ochgan bo'lsa, 83-daqiqada Jodel Dossu muvozanatni tiklab, beninliklarga umid bag'ishladi.
Biroq qo'shimcha taymlarda Misr terma jamoasi o'z tajribasini namoyish etdi. 97-daqiqada Yassir Ibrohim jamoasini oldinga olib chiqqan bo'lsa, ekstra-taymlar yakunida jamoa sardori Muhammad Saloh yakuniy nuqtani qo'ydi — 3:1.
SHu tariqa, 7 karra qita chempioni bo'lgan Misr chorak finalga yo'l oldi. Endi ular Kot-d’Ivuar — Burkina-Faso juftligi g'olibiga qarshi maydonga tushishadi.
Afrika Millatlar Kubogi-2025. 1/8 final
MISR — BENIN 3:1 (qo'shimcha taymlarda)
Gollar: M. Attiya (70), YA. Ibrohim (97), M. Saloh (120+4) — J. Dossu (83).
Misr: El-SHenavi, Hani, YA. Ibrohim, Rabia, Hamdi, Attiya, Fathi, Odil, Saloh, Marmush, Trezege.
Benin: Danjinu, Uoru, Verdon, Tijani, Roshe, Imuran, Samadu, Tosin, Dodo, Olaytan, Mune.

Fikrlar