19 okt 15:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Afsonaviy Ruslan CHagaev 41 yoshga to'ldi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni hisoblangan bokschi Ruslan CHagaev bugun tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Afsonaviy bokschimiz bugun 41 yoshni qarshi oldi. Sportchi 1978 yilning 19 oktyabrida Andijonda tug'ilgan. Faoliyati davomida 38ta jang o'tkazgan. SHularning 34tasida g'alaba qozongan (21tasi nokaut bilan), 1tasida durang qayd etilgan. 3ta jangda esa u imkoniyatni boy berib qo'ygan.
Havaskor boksda Osiyo va ikki karra jahon chempioni. Professional ringda esa 2007 yilda Nikolay Valuevni mag'lubiyatga uchratib, WBA yo'nalishining superog'ir vazn yo'nalishida jahon chempioniga aylangan. 2016 yilning 17 oktyabrida faolyatini yakunlashga qaror qilgan.
Fursatdan foydalanib, bokschimizni tavallud ayyomi bilan tabriklab qolamiz!
olamsport.com sayti tahririyati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar