22 iyu 15:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Ruslan CHagaev yaxshi gonorar taklif qilinsa, Mayk Tayson bilan jang qiladimi? Bokschining o'zi javob berdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni hamyurtimiz Ruslan CHagaev afsonaviy Mayk Tayson bilan ehtimoliy jang haqidagi savolga javob berdi.
"Yaxshi gonorar bersa, Mayk Tayson bilan ham urishardik (kuladi). Mayk Tayson mening kumirim. Uni deb, boksga kirib kelganman. Lekin ko'rgazmali jang bo'lsa, u bilan jang qilib ko'rardim. Taysonni hurmat qilaman", deydi CHagaev.
Eslatib o'tamiz, CHagaev 2016 yilda faoliyatini yakunlagan edi. Uning hisobida WBA yo'nalishi bo'yicha jahon chempionlik kamari, Nikolay Valuev va Jon Ruiz ustidan qozonilgan tarixiy g'alabalari bor. SHuningdek, u Aleksandr Povetkin va Vladimir Klichko bilan ringni bo'lishib, ikkalasiga ham yutqazgandi.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar