01 okt 10:00
Yangiliklar
Agar Dana Uayt aralashsa, Joshua Fyuri bilan jangdan voz kechishi mumkinligini aytdi
Joshua va Fyuri o'rtasidagi to'qnashuv 11 dekabr kuni Kardiff shahrida bo'lib o'tadi.
"Men Eddiga sodiqman. U nima qilishni istasa, men ham shuni qilaman. Agar Eddi Uayt tufayli jangni bekor qilishni istasa, men uni qo'llab-quvvatlayman. Albatta, asosiy maqsad Fyuri bilan jangni har qanday holatda ham o'tkazish edi. Ammo asosiy bahsli masala joy tanlash bo'ldi — biz jangni Buyuk Britaniyada o'tkazishni xohladik. SHuningdek, VADA orqali doping nazorati masalasi ham bor edi. Bir nechta tortishuvli jihatlar bo'ldi, lekin ular jangning bekor qilinishiga sabab bo'lmasligi kerak edi. Men yana nima qila olardim? Yana kim bilan jang qilishim mumkin edi? Eddi o'z poziciyasida qatiy turdi. Men esa unga sodiq qoldim va bu o'z samarasini berdi. Jangimiz Buyuk Britaniyada o'tishi meni juda xursand qilmoqda", — dedi Joshua talkSPORT nashriga.
Fikrlar