So’nggi yangiliklar

15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0 13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0 13:11Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/2 финал иштирокчисига айланди 0 12:50Бугун 5 нафар аралаш яккакурашчимиз Octagon 66 турнирида жанг қилади 0 12:29FourFourTwo ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди 0 12:08Сувга сакраш бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилмоқда 0 11:47UFC жангчиси Виктория Дудаковага рақиб берилди 0 11:26Бетербиев ММАга ўтиш ҳақидаги саволга жавоб берди 0 11:05Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда 0 10:44Чендлер энди кимга қарши жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0

30 mar 13:17
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA, Dzyudo, Stol tennisi

Agar koronavirus bo'lmaganida... yoxud o'zbek sportchilari ishtirokidagi licenzion musobaqalar haqida

Teglar :  Tokio-2020 Tahlil
2019 yil. Dekabr. Xitoy. Uxan. Paydo bo'lish tarixi turli tahminlarga tayangan, bugun bashariyatga tahlika solayotgan COVID-19 koronavirusi tarqala boshladi.

Barcha sohalardan ham ko'proq sportga salbiy tasir etgan pandemiya 10:0 hisobida sport ustidan g'alaba qozonmoqda. Mazkur epidemiya ko'plab davlatlarda iqtisodiy inqirozlarni keltirib chiqargani sir emas. Biroq hech bir sohada inqiroz sportdagichalik emas. Negaki, sport bu yulduzlar olami. Bu yulduzlar haqidagi oddiy gaplar ham etibordan chetda qolmaydi. 

Tokio-2020 uchun qator sport turlarida ishtirokchilar nomiga aniqlik kiritilmagan. Koronavirusning dunyo bo'ylab to'xtovsiz tarqalib borishi natijasida ko'plab chempionatlar, licenzion turnirlar sanasi hamda manzili o'zgardi. Bazilari hatto bekor qilindi. Epidemiya tufayli Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari o'tkazilishi bir necha bor so'roq ostida qoldi. 

Nazarimizda Olimpiada va Yaponiya kelisholmaydi. Negaki, 1964 yilda Tokioda tashkil etilgan Yozgi olimpiya o'yinlari mazkur shaharda iyul-avgust oylarida havo harorati +30 c gacha ko'tarilib ketganligi uchun oktyabr oyida o'tkazilgan. 1972 yilgi Qishki olimpiadada esa havo harorati kun bo'yi +6 c iliqlikda bo'lgan. Undan tashqari yaqinlashyotgan olimpiadaning sportcha yurish turi Tokiodan Sapporo shahriga ko'chirilishi ham Yaponiya hukumati va XOQ o'rtasida nizolar kelib chiqishiga sababchi bo'ldi. Bir sport turining boshqa shaharda o'tkazilishi mezbon davlat byudjetiga katta zarar keltirgani aniq. Malumot uchun kun chiqar yurt to'rt yillikning nufuzli turniri uchun 12 mlrd dollardan ortiq mablag' sarflagan. Bu ko'rsatgich hali oshib borishi shubhasiz.

So'nggi paytlarda OAV da olimpiadaning qoldirilishi haqida turli xabarlar avj oldi. XOQ olimpiada qoldirilgani va 2021 yilda o'tkazilishi haqida rasmiy bayonot berdi. Ayni paytgacha olimpiadaning 57% yo'llanmalari egalariga aniqlik kiritilgan. Qolgan 43% licenziyalarni taqsimlash bo'yicha ham nizom elon qilindi.

Quyida O'zbekiston sportchilari qoldirilgan va bekor qilingan kvalifikacion turnirlarda qanday ishtirok etishi mumkin edi, real olib qaralganda olimpiadada qancha nafar sportchimiz qatnashish huquqiga ega bo'lishi mumkinligi xususida to'xtalamiz. Demak boshladik. 

  


Boks

Eng avvalo virus boksga tasir ko'rsatdi. 3-14 fevral kunlari koronavirus "tug'ilib, o'sgan" joy Uxan shahrida Osiyo-Okeaniya davlatlari uchun licenzion turnir bo'lib o'tishi kerak edi. Mart oyida esa Franciyaning Parij shahrida butunjahon charm qo'lqop ustalari har bir vaznda yagona bo'lgan licenziya uchun ringga ko'tarilishlari rejalashtirilgan edi. Bu turbirda Rio olimpiadasi sovrindori Bektemir Meliqo'ziev -75 yoki -81 kg( qaysi vaznda Uxanda yo'llanma qo'lga kiritilmasa o'shanda) da kurash olib borishi rejalashtirilgan edi. O'zbekiston boks terma jamoasi 18 yanvar kuni xalqaro o'quv-yig'in mashg'uloti o'tkazish maqsadida CHin yurtiga yo'l olishdi. Biroq, Xitoydagi vaziyat og'irlashib, bir necha kundan so'ng terma jamoamiz yurtimizga qaytib kelishdi va mashg'ulotlarni "Yangiobod" o'quv bazasida davom ettirishdi. 24 yanvar kuni XOQ mazkur musobaqaning yangi mezboni nomini elon qildi. Unga ko'ra, 3-11 mart kunlari Iordaniyaning Amman shahri Tokioga yo'l oladigan bokschilar nomiga aniqlik kiritadigan bo'ldi. 13 fevral kuni Marat Qurbonov boshchiligidagi terma jamoamiz mashg'ulotlarni yakunladi. Musobaqaga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini o'tkazish niyatida 16 fevral kuni 23 nafar bokschidan iborat kengaytirilgan terma jamoa Ammanga jo'nab ketdi. Oradan bir necha kun o'tib professional boksdagi 5-jangida ham g'alabaga erishgan O'zbekiston terma jamoasi azosi Bektemir Meliqo'ziev Ammanga etib bordi. Avvaliga -75 kg vaznda Vatanimiz sharafini himoya qilishi ko'zda tutilgan Meliqo'ziev ikki kun qolganda turnirga qatnashmaydigan bo'ldi. Uning o'rniga Jahon chempionatida sovrinsiz qolgan Fanat Qahramonovga yana bir bor ishonch bildirildi. Ikki kun ichida belgilanga vaznga tushish uchun Fanat juda ko'p energiya sarflagani shubhasiz. Turnir davomidagi muvaffaqiyatsizligiga ham aynan oz fursatda vazn tashlashi sabab bo'lgan. Undan tashqari ko'plab muxlislar tomonidan Qahramonovga nisbatan bildirilgan negativlar ham bokschimizga ortiqcha bosim yukladi. Yuqorida keltirganimiz Parij. COVID-19 koronavirusi bo'lmaganida Uxandagi musobaqa o'z vaqtida bo'lardi. Uxanda Qahramonov licenziya qo'lga kiritolmagan taqdirda ham, Meliqo'zievning imkoniyatlarini real baholaydigan bo'lsak Parijdan yo'llanma bilan qaytardi. Ammandagi turnir boshlanishi arafasida butun dunyo bo'ylab musobaqalar bekor qilinayotgan edi. Katta ehtimol bilan Parij so'roq ostida qolgandi. Murabbiylar bunday qaltis vaziyatda yagona imkoniyat bo'lib turgan Meliqo'zievdan foydalanib qolishi aqlli qaror bo'lishi shubhasiz. Parij noaniq bo'lib turgan bir paytda Iordaniyadan 7 ta emas 8 licenziya bilan qaytardik. Nima ham deymiz hammasini murabbiylar hal qiladi. Yo'llanmasiz qolganimiz -81 kg vazndagi Dilshodbek Ro'zmetovning ishtiroki alohida mavzu. Jamoa murabbiyi To'lqin Qilichev: -"U hali yosh. Bu bizning xatomiz bo'ldi"- dedi, vesti.kz nashriga bergan intervyusida. SHu tariqa koronavirus sababli bir licenziyadan quruq qoldik.


Suv polosi

Ushbu sport turida ayollar terma jamoamizdan umidlar katta edi. Terma jamoaga Serbiyadan murabbiylar jalb etilib, uzoq muddat davomida puxta tayyorgarlik ko'rib kelishayotgadi. Ayollar o'rtasidagi kvalifikacion musobaqa 12-16 fevral kunlari Qozog'istonda bo'lishi belgilangandi. Koronavirus sabab turnir nomalum muddatga qoldirildi. Xalqaro suzish federaciyasi (FINA) ushbu musobaqani qabul qiladigan davlat topolmaganidan keyin ko'pchilikni ranjitadigan qarorga keldi. Yani Olimpiadaga Qozog'istonning erkaklar va Xitoyning ayollar jamoasi boradigan bo'ldi. Nima uchun ular? 2018 yilgi Osiyo o'yinlari g'oliblari Qozog'iston (erkaklar jamoasi), Xitoy (ayollar jamoasi). Yuqorida keltirganimiz XOQ o'z egalarini topmagan licenziyalarni taqsimlash to'g'risidagi tamoyilda :"Milliy federaciyalar har bir sport turining saralash tizimidagi kamchiliklar bo'yicha alohida takliflar kiritishi mumkin. Har qaysi o'zgarishlar (har bir sport turi uchun) 2020 yil aprel oyining boshigacha elon qilinadi"- degan bandni kiritib ketgan. Lekin, bizning masullar shuncha mehnat hamda harakatga yarasha na XOQ va na FINA ga hech qanday taklif yoki talab bilan chiqmadi. Bu erda FINAni ayblashdan yiroqmiz. Vaziyat shunday qilishga majbur etgan. Biroq bizning mutasaddilarda qimmatli licenziyani qo'lga kiritish yo'lida "pichoqqa ilinadigan" taklif tayyorlash uchun vaqt etarli edi, o'sha paytlarda. Endi umuman kech bo'ldi. SHu tariqa yana bir yo'llanmadan quruq qoldik. Befarqlik tufayli...


Og'ir atletika

O'zbekiston ushbu sport turida dunyo miqyosida o'z o'rniga ega. Malumki, og'ir atletikada olimpiadaga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma beruvchi musobaqa tashkil etilmaydi. Bunda jahon chempionatida kuchli 8 likka kirgan atletlar yo'llanmaga ega bo'lsalar, qolgan davogarlar nufuzli turnirlar, qita birinchiliklarida reyting ochko yig'ib boradilar. Yakunda mazkur reytingning kuchli beshligidan joy olgan sportchilar Tokioga yo'l oladi. Xalqaro og'ir atletika federaciyasi O'zbekiston uchun 2+2 (2 nafar erkak, 2 nafar ayol) ko'rinishidagi kvota ajratgan. 3 nafar atletimiz Adhamjon Ergashev, Akbar Jo'raev va Muattar Nabieva 2019 yil 18-27 sentyabr kunlari Tailandning Pattaya shahri mezbonlik qilgan Jahon chempionatida Top-8 ga kirib licenziyaga ega bo'lishgan. Bu erkaklar terma jamoamiz uchun kvota to'lganligini ko'rsatadi. Ammo, reyting orqali boshqa yigitlarimiz ham yo'llanma olishi mumkin. Ayni kunda Doston Yoqubov hamda Muhammadqodir Toshtemirov reytingda yaxshigina pog'onalarni band etib turibdilar. SHunda bu ikki yigitimiz reyting orqali licenziya olsa, jami 4 nafar vakilimizda yo'llanma bo'ladi. Lekin, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi yakunda reglamentga rioya qilgan holda ularning 2 nafarini tanlashi shart. Ayollarda esa yana biz sportchimiz licenziya olishi kerak. Hozir reytingdagi eng yaxshi o'rinimiz Kumushxon Fayzullaevaga tegishli. U 16-o'rinda turibdi. Aprel oyida Qozog'iston kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatini qabul qilishi belgilangandi. Qozog'iston hukumati koronavirus tufayli barcha ommaviy tadbirlar, jumladan: sport musobaqalarini o'tkazilishiga chek qo'ydi. Xalqaro og'ir atletika federaciyasi O'zbekistonga mezbonlikni olish taklifi bilan chiqqan edi. O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi bunga tayyorligi, faqatgina musobaqani qabul qilishda hukumatning roziligi va amaliy ko'magi zarurligini takidladi. Masullar qaror qabul qilganlaricha epidemiya yurtimizga ham kirib keldi. Kumushxon mazkur qita birinchiligi orqali Top-5 ga kirish ehtimoli yuqori edi. Reytingda Jahon chempionati kuchli 8 ligiga kirgan atletlar ham bor. Ular reytingdan chiqib ketadi. Ko'rinib turibdiki, reytingning pastidagilar o'z-o'zidan yuqorilaydi. Undan tashqari bir davlatdan har bir vaznda bir necha nafar sportchi o'rin olganligi, milliy federaciyalar esa ulardan faqat bittasini tanlashi kerakligini inobatga olsak Fayzullaevaning imkoniyatlari kengayib boradi. Mabodo virus licenzion turnirni may oyida ham o'tkazilishiga halal bersa Kumushxon olimpiadadan quruq qolishi ehtimoli ham yo'q emas. SHunday qilib koronavirus bizni yana bir licenziyadan mahrum qilishi mumkin.


Dzyudo

Dzyudoda boshqa sport turlaridan farqli ravishda Olimpiada uchun yo'llanmalar turnirlarda to'g'ridan-to'g'ri taqdim etilmaydi, balki sportchilar licenzion musobaqalar orqali reyting ballarini yig'ib borishadi. Yakunda reytingda kuchli 22 talikdan o'rin olgan dzyudochilar Olimpiada o'yinlari ishtirokchisiga aylanadi. Yaponiya mezbon sifatida Olimpiadada to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etish huquqiga egaligi bois barcha vazn toifalarida ishtirok etadigan tarkibi malum. Qolgan terma jamoalar Gran-pri va Katta Dubulg'a turnirlarida ishtirok etib, muhim reyting ochkolari uchun kurash olib borishi kerak. May oyi oxirida dzyudo bo'yicha Tokio-2020 da qatnashadigan barcha ishtirokchilarning nomlari aniq bo'lishi lozim edi. Ammo... Koronavirus epidemiyasining dunyo bo'ylab keng yoyilishi Olimpiada uchun licenzion turnirlarning boshqa muddatga qoldirilishi yoki bekor qilinishiga sabab bo'ldi.

Koronavirusning dzyudoga tasiri. Avvaliga 6-8 mart kunlari Marokashning Rabat shahrida Olimpiada uchun muhim reyting ochkolarini taqdim etuvchi Gran-Pri turkumiga kiruvchi turnir o'tkazilishi kerak edi. Ammo Marokash hukumatining COVID-19 sabab barcha ommaviy tadbirlarni, shu jumladan sport musobaqalarining o'tkazilishi vaqtinchalik to'xtatilganligi bois ushbu musobaqa bekor qilindi. 

Buning ortidan 13-15 mart kunlari Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o'tkazilishi belgilangan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnir ham bekor qilindi. SHundan so'ng Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) koronavirus sabab mart va aprel oylarida o'tkazilishi kerak bo'lgan barcha licenzion turnirlarni bekor qilishga qaror qildi. Hozircha bu qaror 30 aprelga qadar o'z kuchida qolishini inobatga oladigan bo'lsak, Rabat Gran-Prisi va Ekaterinburgdagi "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlar bekor qilinishi ortidan 27-29 mart kunlari bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Tbilisi, 3-5 aprel kunlariga belgilangan Antaliya Gran-pri turkumiga kiruvchi ikki musoba ham bekor qilindi. Hozircha ushbu turnirlarning qachon o'tkazilishi aniq emas. 

Sportchilarimiz imkoniyati 

Hozirda Úzbekiston erkaklar terma jamoasi Olimpiada uchun belgilangan barcha 7 vazn toifasida licenziya olish uchun imkoniyatlari yaxshigina. Ayollarda esa 2 nafar sportchimiz yo'llanma uchun kurashmoqda. Quyida Xalqaro dzyudo federaciyasining Dyuseldorf Gran-prisidan so'ng taqdim etgan sportchilarning reytingi va Olimpiada uchun imkoniyatlari:

-60 kg:

1. Ryuju Nagayama (Yaponiya) – 6350 ochko

4(3). SHarofiddin Lutfillaev (O'zbekiston) – 4927 (yo'llanma zonasida)

22(22). Diyorbek O'rozboev – 1948 ochko (yo'llanma zonasida)

40(40). Kemran Nurillaev – 1077 ochko (yo'llanma zonasida emas)


-66 kg:

1. Manuel Lombardo (Italiya) – 5392 ochko

23(22). Sardor Nurullaev – 2080 ochko (yo'llanma zonasida)

29(27). SHahram Ahadov – 1561 ochko (yo'llanma zonasida)


-73 kg:

1. Soichi Xashimoto (Yaponiya) – 6379 ochko

9(7 ). Hikmatilloh To'raev – 3364 ochko (yo'llanma zonasida)


-81 kg:

1. Mattias Kasse (Belgiya) – 6334 ochko

14(12). SHarofiddin Boltaboev – 2953 (yo'llanma zonasida)

20(19 ). Kamoliddin Rasulov – 2244 (yo'llanma zonasida)


-90 kg:

1. Nikoloz SHerazadashvili (Ispaniya) – 7851 ochko

17(28). Davlat Bobonov – 2589 ochko (yo'llanma zonasida)


-100 kg:

1. Guxam CHo (J.Koreya) – 5220 ochko

15(21). Muhammadkarim Xurramov – 2961 (yo'llanma zonasida)


+100 kg:

1. Lukash Krpalek (CHexiya) – 6171 ochko

13(13). Bekmurod Oltiboev – 2962 ochko (yo'llanma zonasida)

31(31). Alisher Yusupov – 1428 ochko (yo'llanma zonasida emas)


Ayollar:

-52 kg:

1. Yuta Abe (Yaponiya) – 6250 ochko

22(21). Diyora Keldiyorova – 2203 ochko (yo'llanma zonasida)


-70 kg:

1. Maria Eve Gaxe (Franciya) – 5510 ochko

25(26). Gulnoza Matniyazova – 2032 ochko (qitaviy kvota)



Sport kurashlari

To'rt yillikning eng nufuzli turniri uchun sport kurashchilarimizdan 3 nafari licenziyani qo'lga kiritgan. Avvaliga bu yo'llanma 4ta edi. 2019 yilning 14-22 sentyabr kunlari Qozog'istoonning Nursulton shahri mezbonlik qilgan sport kurashlari bo'yicha Jahon chempionatida yunon-rum kurashida Rio Olimpiadasi sovrindori Elmurat Tasmuradov -60kg vazn toifasida licenziyani qo'lga kiritgan edi. Aynan shu musobaqada -77kg vaznda ishtirok etgan Jalgasboy Berdimurodov ham Olimpiadaga yo'llanmani naqd qildi. -87kg vaznli yunon-rum kurashchimiz Rustam Assakalov Jahon CHempionatining bronza medalini qo'lga kiritish bilan birgalikda Tokio Olimpiadasi licenziyasiga ham ega chiqdi. 

Aynan mana shu Jahon chempionatida sport kurashlari bo'yicha yana bir yo'llanma qo'lga kiritilgan edi. Erkin kurash bahslarida Hasanboy Rahimov (-125 kg) bronza medalini va Tokio—2020 Olimpiadasiga licenziya qo'lga kiritgandi. Ammo Birlashgan kurash dunyosi (United World Wrestling) sportchimizda Nur-Sultonda bo'lib o'tgan Jahon chempionatida topshirgan doping tahlil ijobiy natija berganini malum kildik. Bu bilan sportchimiz licenziyadan mahrum etildi. Natijada sport kurashlari bo'yicha yo'llanmalar soni 4tadan 3taga kamaydi. Ammo bu vaznda to'liq licenziyadan ayrilganimizni anglatmaydi. Licenzion turnirda aynan shu vaznda boshqa sportchimiz Olimpiada yo'llanmasi uchun kurash olib boradi, ammo ushbu vaznda qaysi kurashchi qatnashishi aniq emas. 

Koronavirus xavfi tufayli barcha sport turlarida boshqa muddatga qoldirilayotgan licenzion musobaqalar qatorida sport kurashlari bo'yicha Olimpiada o'yinlari yo'llanmasini taqdim etuvchi turnir ham nomalum muddatga qoldirildi. 

Sport kurashlari bo'yicha Tokio-2020 Olimpiadasi chiptalari o'ynaladigan Osiyo qitasining licenzion turniriga aslida Xitoy davlati mezbonlik qilishi kerak edi. Lekin CHin yurtida tarqalgan koronavirus sabab boshqa sport turlari qatori sport kurashlari turniri ham bekor qilindi. SHundan súng Qizg'iziston hukumati bu nufuzli musobaqani o'zida o'tkazish istagi bilan chiqdi va Osiyo kvalifikacion turniri 27-29 mart kunlari Bishkekda o'tkazilishi belgilandi. Ushbu turnirda finalga etib kelgan kurashchilar Tokio-2020 Olimpiadasiga yo'llanmani qo'lga kiritishardi. So'nggi jahon licenzion turniri esa 30 apreldan 3 maygacha qadar Bolgariyada o'tkazilishi kerak edi. COVID-19ning tobora dunyoga keng yoyilayotgani barcha rejalarga o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi. Qirg'iziston hukumati koronavirus xavfi sabab 27-29 mart kunlariga belgilangan Bishkekdagi Olimpiada yo'llanmalari o'ynaladigan Osiyo kvalifikacion turniri mezbonligidan voz kechdi. So'nggi Jahon licenzion turniri ham qachon va qaerda o'tkazilishi ham so'roq ostida qolmoqda. SHundan so'ng, Birlashgan kurash dunyosi (UWW) Tokio-2020 licenzion turnirlarini Olimpiadaga yaqin o'tkazishni rejalashtirayotganligini takidlab utdi.

Avvalroq, Xalqaro olimpiya qo'mitasi koronavirus bilan bog'liq vaziyat yumshamasa, Olimpiadaning o'ynalmay qolgan licenziyalari taqdiri sportchilarning jahon reytingidagi o'rniga qarab taqdim etilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. 

Sport kurashlarida 18ta licenziya o'ynaladi 6 ta yunon-rum kurashi, 6 ta erkin kurash va 6tasi ayollar kurashida. Ayniqsa ayollar terma jamoamiz uchun Olimpiada uchun licenziya olish O'zbekiston uchun yana bir yangi sahifa bo'ladi. Sababi shu vaqtga qadar ayol sport kurashchilarimiz Olimpiada o'yinlarida ishtirok etishmagan.


Stol tennisi

Yozgi Olimpiada bahslariga yo'llanma taqdim etishi kerak bo'lgan yana bir musobaqa stol tennisi bo'yicha aprel oyida bo'lib o'tishi kerak edi. 6-12 aprel kunlari Tailandning Bangkok shahrida o'tkazilishi belgilangan stol tennisi bo'yicha Tokio olimpiadasiga yo'llanma beruvchi Osiyo mintaqalari uchun o'tadigan licenzion musobaqa ham rasman nomalum muddatga qoldirildi. Ushbu musobaqada terma jamoamizning 4 nafar azosi Zohid Kenjaev, Qutbilla Teshaboev, Rimma Gufranova va Rozalina Hajieva ishtirok etishi kerak edi. 

Rio Olimpiada o'yinlari saralash bahslari bilan solishtirganda Tokio Olimpiadasiga Osiyo uchun taqdim etilgan licenziyalar soni 12tadan 6taga kamaytirildi. Dunyoning eng kuchli stol tennischilari aynan Osiyo mamlakatlari vakillari ekanligini hisobga oladigan bo'lsak, Tokio sari yo'l uzoqdek tuyiladi. Ammo murabbiylar aynan Rio Yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Zohid Kenjaevdan umid qilishmoqda. Bundan tashqari sportchilarimiz agar Osiyo licenzion turnirida yo'llanmani qo'lga kirita olishmasa Jahon licenzion saralash turnirida ishtirok etishi mumkin bo'lardi. Ammo ushbu musobaqa ham COVID-19 sababli nomalum muddatga qoldirildi. Hozircha ushbu turnirlar qachon va qaerda o'tkazilishi aniq emas. 

Yuqorida keltirilgan sport turlari bizning sportchilarimiz licenziya olishi ehtimoli katta bo'lganlari edi. Bulardan tashqari engil atletika, taekvondo, gimnastka kabi sport turlarda ham atletlarimizda imkoniyat bor.

Sarvinoz Raxmonqulova, Xurshida Abdikulova. UzJOKU talabalari

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing