05 dek 20:52
Yangiliklar
Boks/MMA
JCH-2025. Javohir Ummataliev ikkinchi jangida ham g'alabaga erishdi
Birlashgan Arab Amirliklarida boks bo'yicha IBA tashkilotining Jahon chempionati start oldi.
Musobaqada -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Javohir Ummataliev kecha ilk jangida Seyshel Orollari vakili D.Fanchitteni mag'lubiyatga uchratgandi.
Bugun bokschimiz ikkinchi davrada Gaiti vakili Sedrik Beloni-Dulieprega qarshi ringga ko'tarildi.
Javohir jang davomida to'liq ustunlikka erishdi va 5:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Endi Javohir navbatdagi jangini Qirg'iziston vakili Omurbek Bekjigit uuluga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar