10 jan 16:25
Yangiliklar
Boks/MMA
"Agar Pimblettni yuta olmasak, biz tugatamiz" - Getjining murabbiyi
MMA jangchisi Jastin Getjining murabbiyi Trevor Uitman malum qilishicha, Peddi Pimblettga qarshi jang 37 yoshli amerikalik uchun mag'lubiyat bo'lgan taqdirda faoliyatidagi so'nggi jang bo'lishi mumkin.
"Bu bizning so'nggi yurishimiz. Agar bu jangda yutmasak, davom etmaymiz. Biz darvozabonga aylanib qolish, pulli janglarni qidirish niyatida emasmiz", — dedi murabbiy MMA Fighting nashriga.
SHu bilan birga, Uitman jamoa bu jangga "xayrlashuv jangi" sifatida tayyorlanmayotganini takidladi, chunki bunday yondashuv g'alaba qozonish imkoniyatini pasaytiradi.
"Xayrlashuv janglariga kelganda, menimcha, bunday jangga chiqqan har qanday jangchi o'n martadan bir marta yutsa yutar, chunki sen oldindan qo'lni tushirib qo'yasan. U esa qo'lni tushirmayapti", — deya qo'shimcha qildi murabbiy.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar