14 apr 13:39
Yangiliklar
Boks/MMA

"Agar Xabib bo'lmasangiz, u kurashchilarni yoqtirmaydi". Sterling Dana Uayt haqida gapirdi
UFC chempioni Aljemeyn Sterling Dana Uaytning gaplariga munosabat bildirdi.
Avvalroq, Dana Uayt Yan - Sterling jangidagi hakamlik qaroridan norozi ekanligini aytgandi.
"Dana doimo meni yomonlaydi. Aynan shunday qiladi. Ayniqsa birinchi jangdan keyin u menda revanshda imkon yo'qligiga ishonchi komil edi.
U meni imkoniyatlarimni hisobga olmadi. Ammo bu meni havotirga solayotgani yo'q.
Balki u hissiyotlarga berilgandir. CHunki Yanning g'alabasidan unga manfaat bor edi. Rejalar esa o'zgarib ketdi.
Dana doim menga yaxshi munosabatda bo'ladi deyishadi. Ammo janglarga kelganda, agar Xabib bo'lmasangiz u kurashchilarni yoqtirmaydi", - dedi Sterling.
Havola :
Manba : BJPenn
Fikrlar