So’nggi yangiliklar

14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0

16 apr 04:48
Yangiliklar

Futbol

AGMK musobaqadagi debyutida Osiyo giganti bilan durang o'ynadi

Jamoamiz Ar-Riyodda markazlashgan holda o'tkazilayotgan OCHL guruh bosqichidagi yurishini durang bilan boshladi.

"A" guruhidagi 1-tur o'yinini "Al Hilol"ga qarshi o'tkazgan jamoamiz musobaqadagi ilk ochkosini qo'lga kiritdi.

O'yinni dadil boshlagan jamoamiz raqibga nisbatan qo'llagan pressingi natijasida "Al Hilol" darvozaboni Mayuf xatoga yo'l qo'ydi va bu vaziyatda hozir-u nozir bo'lgan Zafar Polvonov gol urishni uddasidan chiqdi.

Keyinchalik ham jamoamizda gol urish uchun imkoniyatlar vujudga keldi. Polvonov dublni rasmiylashtirishi mumkin bo'lgan bo'lsa, G'ofurov va Qosimovda ham vaziyatlar bo'ldi. Biroq uchrashuvdagi ikkinchi gol raqib tarafidan urildi. Aniqrog'i, "Al Hilol"ning o'ng qanotdan uyushtirgan hujumini bartaraf etishga chog'langan Rahmonov kutilmaganda to'pni qaytarish chog'ida o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi. 

Oradan ko'p o'tmasdan hujumga otlangan jamoamiz Tursunovning aniq zarbasi orqali yana hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi. Biroq bu vaziyatda Mayuf adashmadi. Keyingi vaziyatda esa Vettoning xavfli zarbasini Valijon Rahimov bartaraf etdi. 

"Al Hilol" tanaffusga qadar hisobdagi farqni o'z tomoniga og'dirdi. Himoyadagi to'p yo'qotish natijasida "Al Hilol" hujumi keskinlashdi va Karrilo uzatmasini Vetto golga aylantirdi.

Ikkinchi taymni esa jamoamiz yanada ishonchli va dadillik bilan boshladi. CHap qanotdan oldinga borgan Gadoev o'tkir burchakdan darvozaning yaqin burchagini nishonga oldi. Biroq Mayuf jamoasini goldan qutqardi.

Mirjalol Qosimov ikkinchi bo'limda ham bir qator o'zgarishlarni amalga oshirdi va bu o'z navbatida o'yinga ham burilish yasadi. Uchrashuvning 70-daqiqasida Sanjar boshlagan hujumni boshqa Sanjar samarali yakunladi. Tursunov to'pni o'ng qanotdan oldinga borayotgan Ahmadalievga uzatdi, Dilshod esa jarima maydonchasi ichiga oshirgan to'pga kurashgan Polvonov darvozabonga xalaqit berdi va to'p SHoahmedovga kelib tushdi. Sanjar SHoahmedov esa bunday qulay imkoniyatdan oqilona foydalanib, o'yinda muvozanatni tikladi.

SHundan so'ng "Al Hilol" ham hujumga o'tishga majbur bo'ldi. Biroq shu kuni himoyada mustahkam o'ynagan qo'rg'onlarimiz raqibga jarima maydonchasi ichida engil nafas olishga yo'l qo'yishmadi. Faqatgina uzoqdan berilgan zarbalar evaziga "Al Hilol" keskinlik yaratishga urindi. Bir vaziyatda Otayfning jarima mayjonchasi atrofidang yo'llagan xavfli zarbasini Valijon mahorat ko'rsatib bartaraf etdi.

Keyingi vaziyatni esa vakillarimiz yaratishdi. Elvin Fortes qanotdan markazga ko'chib, to'pni darvoza tomon yo'lladi. Biroq uning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

Uchrashuvning hal qiluvchi vaziyatiga aylanishi mumkin bo'lgan SHoahmedov tomonidan tepilgan to'pni raqib himoyachilari bir amallab qaytarib yuborishdi. To'p qo'lga yoki qo'l to'pga tegdimi degan savolga hakam Ryuji Sato to'p qo'lga tegdi, degan qaror chiqarishni maqul topdi. Natijada SHoahmedovning darvozaga tepgan to'pi raqib himoyachilarining qo'liga tegib manzilini o'zgartirdi.

SHu tariqa AGMK Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidagi ilk o'yinida "Al Hilol"dan ochko olishni uddaladi.


OCHL, guruh bosqichi.

"A" guruhi, 1-tur.

15 aprel, payshanba.

"Al Hilol" - AGMK 2:2

Ar-Riyod, "SHahzoda Faysal bin Fahd" stadioni.

Gollar: Rahmonov (27-avtogol), Vetto (37) - Polvonov (11), SHoahmedov (70)

Hakamlar: Ryuji Sato, Xiroshi Yamauchi, Jun Mixara (Yaponiya), Ali Hasan Abdulnabi (Bahrayn).

Komissar: Bashir Abdul Xoliq (Livan).

"Al Hilol" — 1.Abdulloh Al Mayyuf, 2.Muhammad Al Burayk (22.Amir Kurdi, 83), 5.Ali Xadi Al Bulayhi, 8.Abdulloh Otayf, 10.Lusiano Vetto (26.Favaz Al Terais, 63), 12.Yosir Al SHahroni, 18.Bafetimbi Gomis, 19.Andre Karilo (16.Nosir Al Davsari, 75), 20.Jang Xyun Su (70.Jahfali, 83), 27.Xatan Baxbri (11.Solih Al SHehri, 75), 28.Muhammad Kanno.

Zaxira: 31.Xabib Al Vatyan, 32.Muteb Al Mufarrij, 22.Amir Kurdi, 23.Madallah Al Olayan, 55.Hamad Al Abdan, 70.Muhammad Jahfali.

AGMK (4-3-3) — 35.Valijon Rahimov - 77.Dilshod Ahmadaliev (20.Mirg'iyos Sulaymonov, 86), 8.Bobur Yo'ldoshev, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 4.Mirjamol Qosimov (22.Sanjar SHoahmedov, 62), 17.Sanjar Tursunov (5.Dilshod Jo'raev, 86) - 11.Murod Toshmatov (94.Elvin Fortes, 62), 9.Zafar Polvonov, 10.Husniddin G'ofurov (28.SHohruh Gadoev, 41).

Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 32.Suhrob Sultonov - 15.Abbos Otaxonov, 21.Sanjar Jumaboev, 22.Sanjar SHoahmedov, 29.Vladimir Kozak.

Ogohlantirish: SHoahmedov (90)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing