22 iyu 15:49
Yangiliklar
Futbol

Aguero Sampaolining so'zlari haqida: "Xohlaganini gapirsin"
"Manchester Siti" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Serxio Aguero Xorvatiyaga qarshi uchrashuvdan (0:3) so'ng, bosh murabbiy Xorxe Sampaoli so'zlariga izoh berdi.
Xorvatlar bilan bahsdan so'ng Sampaoli bazi futbolchilar uning g'oyalariga ko'nika olmagani va talab darajasida harakat qilmayotganini aytdi.
"Xohlaganini gapirsin" - deydi Aguero.
Argentina terma jamoasi Xorvatiyaga qarshi uchrashuvdan so'ng jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini pasaytirdi. Sampaoli shogirdlari birinchi turda Islandiya bilan durang (1:1) qayd etgan edi.
Havola :
Fikrlar