03 iyu 08:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Ahmadaliev - Roman. Bokschilarning kafolatlangan gonorarlari miqdori malum qilindi
Xabar berib o'tganimizdek, bugun Panamada Roman - Ahmadaliev jangini tashkil etish bo'yicha promouterlik savdolari bo'lib o'tdi.
Murodjon Ahmadaliev bilan hamkorlik qiladigan "Mir Boksa" kimoshdi savdoning yagona ishtirokchisi bo'ldi. Kompaniya jang uchun 145 ming AQSH dollari qo'ydi. Ushbu pulning 75 foizini (108,75 AQSH dollari) chempion Roman olsa, 25 foizi (36,25 AQSH dollari) davogar Ahmadalievga tushadi. Bundan tashqari reklama, translyaciya va chiptalar sotuvidan ham qo'shimcha bonuslar bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, mazkur jangni tashkil etish uchun kompaniya Toshkent, Los-Anjeles va Sankt-Peterburg variantlarini ko'rib chiqmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar