24 noy 11:11
Yangiliklar

Ahmadaliev taroziga chiqdi, ertaga u kamarini himoya qiladi FOTO
Hamyurtimiz AQSHning Atlantik Siti shahrida amerikalik Isaak Zaratega qarshi ringga ko'tariladi. Ahmadaliev 10 raundga mo'ljallangan jangda o'ziga tegishli bo'lgan WBA Inter-Continental Super Bantamweight Title chempionlik kamarini himoya qiladi.
Malumot uchun, Ahmadaliev professional faoliyati davomida to'rt marotaba ringga chiqib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Janglarining uchtasini u nokaut evaziga o'z foydasiga hal qilgan.
Amerikalik 27 yoshli Zarate esa 22ta jang o'tkazib, 16ta g'alabaga erishgan. Uchta jangda durang qayd etilgan va yana 3ta bahsda mag'lubiyatga uchragan. Bugun bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi va ularning har ikkisi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi.
Fikrlar