06 dek 10:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Ahmadaliev WBA chempionini jangga chorladi
Xabar berganimizdek, professional bokschimiz Murodjon Ahmadaliev ikkinchi engil vaznning WBA reytingida birinchi o'ringa ko'tarilib olgandi.
Bu esa Ahmadalievga mazkur vazn chempioni, amerikalik Daniel Romanga qarshi jang qilish imkoniyatini beradi. Bokschimiz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Romanni jangga chorladi.
"SHuni qayd etishim lozimki, beshta jang ichida men WBA reytingida birinchi o'ringa ko'tarilib oldim. Bu menga ayni paytda ushbu vazn chempioni Daniel Romanga qarshi jang o'tkazish imkonini beradi. Jamoam ushbu jangni tashkil qilishga erishishini bilaman. Ammo, buning uchun chempionning roziligi kerak. U chempion va men uning qarorini hurmat qilaman. Lekin mening ham o'z oldimga qo'ygan maqsadim bor.
Daniel, kel birgalikda muxlislarga ajoyib bellashuv taqdim etamiz", - deya xabar qoldirgan Ahmadaliev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar