So’nggi yangiliklar

19:45Ислам Махачев нега Иэн Гаррига қарши жанг қилиш қийин бўлганини айтди 0 19:05“Арсенал” юлдуз вингерини фақат бир шарт билан сотишга тайёр 0 18:28"Гарри билан жанг Ислам фаолиятидаги энг оғир жанглардан бири бўлди" - Махачевнинг мураббийи 0 17:45"Нега у икки камарни ушлаб турибди?" Холлоуэй UFC 330'дан кейин Махачевга "тош отди" 0 16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0

03 fev 11:32
Yangiliklar

Boshqalar, Tadbirlar

Ahmadjonov Andijonda viloyat sport faollari bilan uchrashdi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti va mamlakat futbol associaciyasining birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Andijonda viloyat sport federaciyalari mutasaddilari, futbol maktab internatlari va olimpiya zaxiralari kolejlari rahbarlari, murabbiylar, hakamlar, sportchilar bilan yig'ilish o'tkazdi.

Tadbirni Andijon viloyati hokimi o'rinbosari Serobiddin Ismoilov ochib berdi. SHundan so'ng Umid Ahmadjonov so'zga chiqib, viloyat sportida yuzaga kelgan vaziyatga atroflicha to'xtalib o'tdi. Eng avvalo, “Andijon” futbol klubi so'nggi yillarda barqaror o'yin namoyish eta olmasdan viloyatning futbolsevar muxlislarini ranjitayotganligi, jamoa oldiga o'tgan yilgi mavsum yakunlariga ko'ra garchand kuchlilar safiga yo'llanma olish vazifasi qo'yilgan bo'lsada buni uddalay olmaganiga alohida urg'u berdi. 

Bu borada vilolyat futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Bekzod Karimov va “Andijon” futbol klubi bosh direktori Maruf Abdusalomovlarga futbol tizimini qayta ko'rib chiqish va ishlarni to'g'ri yo'lga qo'yish masalasida O'zbekiston futbol associaciyasiga bir haftalik muddatda aniq takliflar kiritish vazifasini yukladi. SHu bilan birgalikda viloyatda futbol tizimini butunlay yangidan yaratish, futbol maktab-internatlari va olimpiya zaxiralari kolleji strukturasi hamda shtat jadvalini qaytadan ko'rib chiqish bo'yicha mutasaddi xodimlarga topshiriqlar berdi. 


Viloyatda malakali murabbiy va hakamlar tayyorlash masalasiga etiborni kuchaytirish zarurligini takidladi. SHundan so'ng MOQ Prezidenti olimpiya sport turlari bo'yicha federaciyalarning viloyat bo'limi masullari bilan suhbatlashdi. Andijon olimpiya zaxiralari kolleji faoliyati tanqidiy ruhda ko'rib chiqildi. Ushbu kollej birinchi navbatda o'z nomini oqlab, faqat olimpiya sport turlari bo'yicha faoliyat olib borishiga alohida urg'u berildi. 

Yig'ilish davomida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining Andijon viloyati bo'yicha vakili Abdulla Ziyaidov o'z ishiga bo'lgan masuliyatsizligi sabab vazifasidan ozod etildi. Uning o'rniga yosh va shijoatli, sportni chin manoda sevuvchi, eng muhimi vatanparvar nomzodni tavsiya etishni so'rab viloyat hokimi o'rinbosariga murojaat qildi. 


Endilikda butun mamlakatimiz bo'ylab olimpiya zaxiralari kolejlari Milliy olimpiya qo'mitasi nazoratiga o'tishi, ushbu sport maskanlarida faqat eng iqtidorli yoshlar tahsil olishi va ularning asosiy vazifasi eng avvalo terma jamoalarimizga munosib nomzodlar etkazib berish bo'lishi takidlab o'tildi. Yig'ilish davomida mutasaddi xodimlarga tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing