14 fev 16:23
Yangiliklar
Boks/MMA

AIBA xijobda jang o'tkazish hamda hakamlar qaroriga etiroz bildirishga ruxsat berdi
Turkiyaning Istanbul shahrida Xalqaro havaskor bokschilar associaciyasi (AIBA) Ijroiya qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda bir qator masalalar ko'rib chiqildi, mavjud ayrim qoidalarga o'zgartirishlar kiritildi. Eng katta yangiliklardan biri hakamlar chiqargan qarorga nisbatan etiroz bildirishga ruxsat berilganidir.
Endi hakam qarori yuzasidan jang yakunlangan zahotiyoq etiroz bildirish mumkin. Etiroz video takrorlar orqali ko'rib chiqiladi va shikoyat o'rinli bo'lsa natija o'zgartiriladi.
Bundan tashqari, bokschilar endi mamlakat bayrog'i rangidagi liboslarda ringga ko'tarilishlari mumkin bo'ladi. Ayol bokschilarga esa sport-xijoblarida jang o'tkazishga ruxsat berildi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar