26 may 08:59
Yangiliklar
Tennis
Ajoyib! Kamilla Rahimova dunyoning 32-raketkasini engib, "Rolan Garros" ikkinchi davrasiga yo'l oldi
Tennis bo'yicha ayollar o'rtasida Franciya ochiq chempionatining asosiy to'r bellashuvlari o'tkazilmoqda.
Musobaqada O'zbekistonning birinchi raqamli raketka ustasi Kamilla Rahimova ilk o'yinini o'tkazdi.
24 yashar yurtdoshimiz dunyoning 32-raketkasi, ruminiyalik Kristian Jaklinni uch set davom etgan o'yinda 2:1 (6/3, 4/6, 6/4) hisobida dog'da qoldirdi. Bellashuv 2 soat, 55 daqiqa davom etdi.
WTA reytingida 89-o'rinni band etib turgan Kamillaning ikkinchi bosqichdagi raqibi chexiyalik Karolina Muxova bo'ladi. 29 yoshli Karolina hozirda dunyoning 10-raqamli tennischisi hisoblanadi.
Bellashuv bizning vaqt bilan ertaga 14:00 da boshlanishi belgilangan.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar