16 dek 17:10
Yangiliklar
Og'ir atletika
Akbar Jo'raev dast ko'tarishda jahon chempioni, Ruslan Nurudinovda bronza
Poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Ayni daqiqalarda -109 kg vazn toifasida medallar uchun kurash davom etmoqda. Hozirgina dast ko'tarish mashqi bo'yicha jahon chempionati sovrindorlari nomi malum bo'ldi. Biz uchun ahamiyatlisi, medallar uchun Rio hamda Tokio Olimpiadalari chempionlari - Ruslan Nurudinov va Akbar Jo'raev supachaga chiqdi.
Akbar Jo'raev 195 kg vaznni o'ziga bo'ysundirib, katta ustunlik bilan jahon chempioniga aylandi. Tokio Olimpiadasining kumush medali sovrindori, armanistonlik Simon Martirosyan 188 kg vazn bilan kumush, Ruslan Nurudinov esa 185 kg bilan bronza medalini qo'lga kiritdi. Birozdan so'ng siltab ko'tarish bahslari boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar