28 okt 10:18
Yangiliklar
Og'ir atletika
Akbar Jo'raev: "Los-Anjelesda kumushni oltinga aylantiramiz"
Og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, Olimpiya o'yinlari g'olib va sovrindori Akbar Jo'raev kelgusi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Hamyurtimiz kecha joriy dunyo birinchiligidagi g'oliblikdan keyin Prezident sovg'asi — BYD avtomobili va pul mukofoti bilan taqdirlangandi.
"Qo'llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat aytaman. Bu Olimpiadadan keyingi eng katta musobaqa bo'ldi. Yangi vaznga o'tdim, shu sababli, ancha oson bo'ldi. Qiyinchilik bo'lmadi. Oltin medalni qo'lga kiritdik. Yosh sportchilarga ham ko'proq mehnat qilishni tavsiya qilaman. Ikki haftadan keyin Islom birdamlik o'yinlariga jo'nab ketamiz. 2028 yil Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida kumushni oltinga aylantiramiz", deydi Jo'raev.
Havola :
Manba : t.me/uzbek_weightlifting
Fikrlar