25 mar 15:15
Yangiliklar
Akbar Jo'raev nomidagi sport maktabi ochildi (FOTO)
Ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo'yicha vakili Odil Abdurahmonov, O'zbekiston kasaba uyushmalari federaciyasi raisi Qudratilla Rafikov, Sport vaziri Adkham Ikramov, Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzaev, Sport vaziri o'rinbosari, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHaxrillo Maxmudov, Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov va keng jamoatchilik vakillari hamda yosh sportchilar ishtirok etdi.
Mazkur inshoot Respublika kasaba uyushmalari federaciyasi tomonidan 25 milliard so'm mablag' evaziga barpo etildi. 30 o'ringa mo'ljallangan ushbu sport maktabida yoshlar uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratilgan.
Xususan, binoda yotoqxona, oshxona, mini stadion, sauna, og'ir atletika zali, o'quv xonalari, yopiq turdagi basseyn hamda murabbiylar uchun alohida xonalar mavjud.
Tadbir davomida so'zga chiqqanlar yurtimizda sportni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar orasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni alohida takidlab o'tdi.




















Fikrlar