03 avg 17:48
Yangiliklar
Akbar Jo'raev - Olimpiada chempioni!
-109 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Akbar Jo'raev dast ko'tarish bahslarida 193 kg, siltab ko'tarishda 237 kg, umumiy hisobda esa 430 kg toshni o'ziga bo'ysundirdi!
Ushbu natija orqali Akbar umumiy hisobda Olimpiada rekordini yangiladi.
Bu O'zbekiston terma jamoasi uchun Tokiodagi Olimpiya o'yinlaridagi ikkinchi oltin bo'ldi. Bungacha taekvondochimiz Ulug'bek Rashitov oltin, dzyudochi Davlat Bobonov bronza medalini qo'lga kiritgandi. Malumot uchun, Akbar O'zbekiston kasaba uyushmalari federaciyasi sportchisi hisoblanadi.
www.olamsport.com sayti ushbu muvaffaqiyat bilan Akbar Jo'raevni, uning yaqinlarini va O'zbekiston og'ir atletika federaciyasini muborakbod etadi. G'alaba muborak, O'zbekiston!
Fikrlar