09 fev 16:36
Yangiliklar
Og'ir atletika
Akbar Jo'raev Osiyo chempionatining uchta oltin medalini qo'lga kiritdi!
Toshkent shahrida og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionati o'z yakuniga etib bormoqda.
Bugun musobaqa doirasida -102 kg vazn toifasida bahslar o'tkazildi. Unda yurtimiz sharafini Tokio Olimpiadasi chempioni Akbar Jo'raev himoya qildi.
U dast ko'tarishda 180 kg, siltab ko'tarishda 220 kg, umumiy hisobda esa 400 kg toshni o'ziga bo'ysundirdi va har uchchala yo'nalishda ham oltin medalga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar