18 sen 09:28
Yangiliklar
Akbar Jo'raev O'zbekiston og'ir atletika tarixida Ruslan Nurudinovdan so'ng ikki karra jahon chempionligini qo'lga kiritgan ilk sportchiga aylandi!
Musobaqa doirasida 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo'lga kiritgan Akbar Jo'raev yana bir tarixiy rekordni yangiladi. Ushbu musobaqaga qadar O'zbekiston tarixida ikki karra jahon chempionligini faqatgina o'zbekistonlik Ruslan Nurudinov qo'lga kiritgan edi.
Bu safargi jahon chempionatida Akbar Jo'raev dast ko'tarish hamda ikki kurash yakunlariga ko'ra tengsiz deb topildi va ikki karra jahon chempioniga aylandi. U bundan tashqari, siltab ko'tarish yo'nalishida kumush medalga ega chiqdi. Ruslan Nurudinov esa siltab ko'tarish yo'nalishida oltin, ikki kurashda esa kumush medalni qo'lga kiritdi.
SHu tariqa, Akbar Jo'raev jahon chempionatini 2 ta oltin va 1 ta kumush medaldan tashqari, yurtimiz og'ir atletikasi uchun tarixiy natija bilan yakunladi.
Fikrlar