So’nggi yangiliklar

12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0 22:32Lausanne Grand Slam 2026. Ўзбекистон терма жамоаси иккинчи кунни ҳам медаль билан якунлади 0 21:11Шоҳсанам Шерзодова ва Нилуфар Зокирова жаҳон чемпионати кумуш медали совриндори 0 20:44Робиньонинг 18 ёшли ўғли "Женоа"га ўтмоқда 0 20:18UFC Fight Night 286 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0

10 mar 14:01
Yangiliklar

Og'ir atletika

Akbar Jo'raev va Ruslan Nurudinov O'zbekiston chempionatida raqobatlashdi. Kim g'olib bo'ldi?

6-9 mart kunlari CHirchiq shahrida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga qarashli manejda bo'lib o'tgan musobaqada Respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan polvonlar ishtirok etishdi.

Mazkur chempionatda Ruslan Nurudinov, Adhamjon Ergashev, Akbar Jo'raev, Muattar Nabieva kabi terma jamoamizning etakchi vakillari ham ishtirok etishdi. Musobaqaning eng qiziqarli bahsi +109 kg vazn toifasida kuzatildi. 

Unda hozirgi kunda jamoamiz etakchilari bo'lib turgan Ruslan Nurudinov va Akbar Jo'raev raqobat olib borishdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda yosh sportchimiz Olimpiada chempionini 12 kg farq bilan ortda qoldirdi. 

G'olib va sovrindorlar:

Erkaklar:

-55 kg: Fazliddin Bahriddinov (Namangan) – 218 kg (98 kg + 120 kg)

-61 kg: Nurdiyor Abduhalilov (Namangan) – 243 kg (109 kg + 134 kg)

-67 kg: Tolip Tursunov (Namangan) – 265 kg (120 kg + 145 kg)

-73 kg: Adhamjon Ergashev (Namangan) – 325 kg (145 kg + 180 kg)

-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (Namangan) – 350 kg (160 kg + 190 kg)

-89 kg: Otaxon Imamov (Xorazm) – 310 kg (135 kg + 175 kg)

-96 kg: Sarvarbek Zafarjonov (Toshkent viloyati) – 365 kg (165 kg + 200 kg)

-102 kg: Sunnat O'sarov (Toshkent viloyati) – 367 kg (170 kg + 197 kg)

-109 kg: Mirhosil Mirzaboev (Toshkent viloyati) – 351 kg (161 kg + 190 kg)

+109 kg: Akbar Jo'raev (Toshkent viloyati) – 432 kg (195 kg + 237 kg)

Ayollar:

-45 kg: Imona Mo'minova (Andijon) – 132 kg (58 kg + 74 kg)

-49 kg: Dinara Razikova (Namangan) – 145 kg (63 kg + 82 kg)

-55 kg: Jamila Panfilova (Toshkent viloyati) – 185 kg (85 kg + 100 kg)

-59 kg: Muattar Nabieva (Andijon) – 218 kg (100 kg + 118 kg)

-76 kg: Nigora Suvonova (Navoiy) – 215 kg (95 kg + 120 kg)

-81 kg: Laylo Xursanova (Namangan) – 198 kg (93 kg + 105 kg)

-87 kg: Tursunoy Jabborova (Qashqadaryo) – 233 kg (106 kg + 127 kg)

+87 kg: Dolera Davronova (Navoiy) – 218 kg (98 kg + 123 kg)

Ko'rinib turganidek, musobaqada asosan Namangan va Toshkent viloyati vakillari etakchilik qilishdi. O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi mutasaddilarining malum qilishicha, bu namanganlik og'ir atletikachilarning kattalar chempionatidagi eng yaxshi natijasi sifatida qayd etildi.

Endi ushbu manejda o'smirlar o'rtasida mamlakat birinchiligi start oldi. Takidlash joiz, ushbu turnir Parij-2024 Olimpiya o'yinlari uchun selekcion xarakterga ega bo'lib, murabbiylar g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilarni terma jamoa uchun saralab olishadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing