13 may 15:47
Yangiliklar
Og'ir atletika
Akbar Jo'raev va Rustam Jangabaev shohsupada!
Koreya mezbonlik qilayotgan og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.
Eng og'ir vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilarimiz Akbar Jo'raev va Rustam Jangabaevlar sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Qayd etish joizki, Akbar Jo'raev o'zi uchun yangi vaznda birichi xalqaro musobaqaning o'zidayoq sovrindor bo'ldi.
Dast ko'tarishda Rustam Jangabaev 196 kg bilan bronza medalini qo'lga kiritgan bo'lsa, Akbar Jo'raev 195 kg natija bilan 4-pog'onadan joy oldi. Siltab ko'tarish mashqida esa 242 kg natija bilan Jo'raev bronza medalini qo'lga kiritdi. Jangabaev esa 241 kg bilan 4-o'rinni egalladi.
Ikkikurash natijalariga ko'ra ikkila sportchimiz ham 437 kg natija qayd etib Rustam Jangabaev kumush va Akbar Jo'raev bronza medallarini qo'lga kiritdilar.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar