09 dek 20:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Akmaljon Isroilov qozog'istonlik raqibga qarshi jang qildi
Birlashgan Arab Amirliklarida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqada -86 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Akmaljon Isroilov ikkinchi jangini Qozog'iston vakili Daulet Tulemissovga qarshi o'tkazdi.
Jang to'liq davom etdi va unda Akmaljon Isroilov 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Jang davomida bokschimiz raqibini nokdaun holatiga ham solib qo'ydi.
Endi Isroilov navbatdagi jangini rossiyalik SHarabutdin Ataevga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar