13 okt 07:48
Yangiliklar

Aktau Asian Judo Open. O'zbekiston 16 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi bo'ldi + FOTO
Ikki kun davomida dunyoning o'nta davlati vakillari ishtirokida o'tgan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 3 ta kumush, 8 ta bronza, jami 16 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o'rinni egalladi.
Qozog'iston terma jamoasi 4 ta oltin, 5 ta kumush, 15 ta bronza medali bilan 2-o'rindan joy olgan bo'lsa, 3 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo'lga kiritgan ozarbayjonlik dzyudochilar kuchli uchlikka yakun yasashdi.
SHohsupaga ko'tarilgan dzyudochilarimiz:
Oltin medallar
-48 kg: Fotimaxon Tursunboeva
-63 kg: Marjona Nurulloeva
-78 kg: SHinar Ibraeva
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev
+100 kg: Muhammadqodir Mansurov
Kumush medallar
-73 kg: Obidxon Nomonov
-90 kg: Umar Bozorov
+100 kg: Zufar O'rolov
Bronza medallar
-48 kg: Ulbusin Hakimova
-52 kg: Sita Kadambaeva
-57 kg: Mohinur Allaberganova
-70 kg: SHirinjon Yuldasheva
+78 kg: Durdona Nizomaddinova
-81 kg: Murodjon Yo'ldoshev
-90 kg: Ulug'bek O'roqov
+100 kg: Abdulla Xudoyorov
Fikrlar