07 iyu 18:17
Yangiliklar
Futbol

"Al Ahli" Messini sotib olmoqchi
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, argentinalik futbolchini "Al Ahli" safiga qo'shib olmoqchi. Saudiya Arabistoni klubi forvardni "Inter Mayami" bilan shartnomasi tugaydigan dekabr oyida jamoaga o'tishga ko'ndirishga harakat qilmoqda.
Qayd etilishicha, MLS klubi Leoni saqlab qolmoqchi.
Malumot o'rnida, "Al Ahli"da darvozabon Eduar Mendi ("CHelsi" sobiq azosi), himoyachi Merix Demiral ("Yuventus"), vinger Riyad Marez ("Manchester Siti") va hujumchi Roberto Firmino ("Liverpul") kabi yulduzlar bor.
Havola :
Manba : L'Equipe
Fikrlar