30 apr 18:25
Yangiliklar
Futbol

"Al Hilol" Anchelottiga yiliga 50 mln evro taklif qilmoqda
"Al Hilol" Karlo Anchelottini bosh murabbiy etib tayinlashni xohlaydi.
"Real Madrid" murabbiyi Braziliya terma jamoasiga tayinlanishga yaqin edi, biroq kelishuv buzildi. Xabarlarga ko'ra, endi italiyalik mutaxassis Saudiya Arabistonidan maoshi yiliga 50 mln evro miqdoridagi taklifni ko'rib chiqmoqda.
Relevo malumotlariga ko'ra, 65 yoshli mutaxassisga bunday taklifni "Al Hilol" klubi yuborgan.
SHu bilan birga, Anchelotti bilan muzokaralar buzilgandan so'ng, Braziliya terma jamoasi hozirda Saudiyaning "Al Hilol" klubini boshqarayotgan Jorje Jezushni tayinlashni ko'rib chiqmoqda.
Havola :
Manba : Relevo
Fikrlar