22 may 15:02
Yangiliklar
Futbol

"Al Ittihod"ning asosiy transfer maqsadi aniq: Klub APL yulduzi uchun 120 mln evro to'lamoqchi
"Nyukasl Yunayted" yarim himoyachisi Bruno Gimaraes "Al Ittihod"ning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadi bo'lib turibdi.
ESPN xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi rahbariyati braziliyalik uchun 120 mln evro to'lashga tayyor.
Futbolchining agenti Aleksis Malavolta o'tgan hafta Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi va u erda "Al Ittihod" vakillari bilan muzokaralar o'tkazdi.
Qayd etilishicha, "Al Hilol" ham Gimaraesga qiziqish bildirmoqda, agar ular "Manchester Yunayted"dan Brunu Fernandeshni qo'lga kirita olmasa, uni muqobil sifatida ko'rmoqda.
26 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum "Nyukasl" safida 46 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar