22 avg 14:45
Yangiliklar
Futbol
"Al Nassr" 61 uchrashuvda 43 ta gol urgan futbolchidan qutulmoqchi
Krishtianu Ronaldu to'p tepadigan Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi braziliyalik hujumkor yarim himoyachi Taliska bilan xayrlashishga qaror qildi.
O'tgan mavsumda futbolchi chempionatning asosiy yulduzlaridan biri va "Al Nassr" etakchisi sanalardi. Biroq chempionatga Evropaning eng yaxshi futbolchilari kelishi bilan klub rahbariyati nazarida Taliskaning mavqei o'zgardi va endi "Al Nassr" uni jamoa saviyasiga to'g'ri kelmaydi, deb hisoblamoqda.
"Al Nassr" Taliska o'rniga hujumda ko'proq yulduz futbolchilardan foydalanmoqchi.
Taliska Saudiya Arabistonida bir mavsumda 3,5 million dollar oladi. Ikki yil ichida u klub uchun 61 ta o'yinda 43 ta gol urdi.
17 avgust kuni "Al Nassr" Jaloliddin Masharipovning jamoadan ketganini malum qilgan edi.
Havola :
Manba : essentiallysports.com
Fikrlar