31 may 13:25
Yangiliklar
Futbol

"Al Nassr" shov-shuvli transferni amalga oshirmoqchi
"Al Nassr" "Liverpul" hujumchisi Luis Diasni yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko'rmoqda.
Avvalroq, 28 yoshli kolumbiyalik futbolchiga "Barselona" qiziqish bildirayotgani, ammo kataloniyaliklarda moliyaviy muammolar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Dias 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 50 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar imzolangan. Transfermarkt portali Diasning narxini 70 million evroga baholamoqda.
Havola :
Fikrlar