04 sen 09:16
Yangiliklar
Aleks Pereyra Drikus Dyu Plessiga "vyzov" tashladi
Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi bir oydan keyin o'z chempionlik kamarini amerikalik Xalil Rauntridan himoya qiladi. SHundan keyin u o'rta vaznda UFC chempioni, Janubiy Afrika Respublikasi vakili Drikus Dyu Plessi bilan jang qilmoqchi.
"Hozir bor etiborimni Rauntriga qarshi kechadigan jangga qaratganman. Natijadan qati nazar, yana bir bor o'rta vaznga tushib, o'zimni kamar uchun jangda sinab ko'rmoqchiman. Ey, Drikus, irodangni bir mushtingga jamlab, men bilan jang qil. Mendan yaxshi ekaningni isbotla", - dedi Pereyra.
Eslatib o'tamiz, Drikus 17 avgust kuni Pert shahrida o'tkazilgan UFC 305 turnirida ilk chempionlik himoya jangini Israel Adesanyaga qarshi o'tkazib, to'rtinchi raundda nomdor raqibini bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan edi. Uning Xalil Rauntriga qarshi jangi 5 oktyabr kuni Solt-Leyk-Siti shahridagi UFC 307 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar