07 fev 16:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleks Pereyra Jon Jons bilan birga mashg'ulot o'tkazmoqchi
Yarimog'ir vazn toifasida braziliyalik UFC chempioni Aleks Pereyra og'ir vazn chempioni Jon Jons bilan mashg'ulot o'tkazish niyatida.
U ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi so'zlar bilan Jonsga murojaat qildi: "Men Jon Jons bilan birga mashg'ulot o'tkazishni xohlar edim".
O'z navbatida amerikalik "faxriy" ham bu taklifni javobsiz qoldirmadi: "Bu men uchun sharaf!".
Eslatib o'tamiz, Aleks Pereyra oxirgi jangini 2023 yilning noyabr oyida chexiyalik Irji Proxazkaga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin g'alaba qozongan edi. Jon Jons esa o'zining so'nggi jangini 2023 yilning mart oyida Siril Ganga qarshi o'tkazgan va ilk raunddayoq zafar quchgandi.
Havola :
Fikrlar