20 avg 17:45
Yangiliklar
Boks/MMA
"Aleks Pereyra og'ir vaznda qoladi" - murabbiy
UFC sobiq chempioni, braziliyalik Glover Teysheyra o'z shogirdi Aleks Pereyra UFC Freedom 250 turnirida francuz Siril Ganga yutqazganidan keyin ham og'ir vazn toifasida (120 kg gacha) qolishini malum qildi.
"U og'ir vaznda qoladimi? Ha, reja shu. Uni 2026 yilda yana ko'ramizmi? Umid qilaman. Jangdan keyin Aleks kim keyingi raqib bo'lishini so'radi. Hatto bu jangdan oldin ham shu haqda so'ragandi. U allaqachon keyingi jang haqida o'ylayapti va avgust oyida ham jang qilishga tayyor (kuladi). U doimo jang qilishni xohlaydi.
Men unga: “Hozir dam olish uchun yaxshi vaqt, sen uzoq vaqt davomida bir jang ketidan boshqasiga chiqding”, dedim. Ammo u jang qilishni istayapti", — dedi Teysheyra.
Havola :
Manba : The Ariel Helwani Show
Fikrlar