17 iyu 19:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleks Pereyra: "Qisqa vaqt ichida janglarni qabul qilish men uchun yangilik emas"
UFCning yarimog'ir vazn toifasidagi chempioni Aleks Pereyraning aytishicha, kikboksing unga qisqa vaqtlarda jangga tayyorgarlik ko'rishga yordam bergan.
"Albatta qisqa vaqt ichida jangga rozi bo'lish yaxshi emas, ammo bu men uchun yangilik emas. Men avval ham bunday vaziyatga tushganman. Izziga qarshi kikboksing bo'yicha birinchi jang uchun Xitoyga ikki marta borganman.
Avvaliga men media kunda bo'lib, keyin ketganman. Keyin yana ikki kundan so'ng qaytganman. Bu qiyin tayyorgarlikka ega bo'lgan jang edi. Jang oldidan vaznimni 85 kg qilishim lozim edi. Xitoyga etib olish uchun esa uch marotaba to'xtaganman va charchaganman. Biroq vaqtida etib borib, vazn haydashga ham ulgurganman va jang o'tkazib uni mag'lub etganman. Bu men uchun yangilik emas.
Bu men judayam istayotgan jang. Ketdik!", - dedi Pereyra.
Havola :
Manba : Sherdog
Fikrlar