30 jan 13:20
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				
				
			
				Aleks Pereyra UFC 312 turnirida ishtirok etadi, ammo jang qilmaydi
9 fevral kuni Avstraliyaning Sidney shahrida UFC 312 turniri tashkil etiladi.
			Musobaqaning markaziy jangida o'rta vazn chempioni Drikyus Dyu Plessi sobiq chempion SHon Striklendga qarshi oktagonga chiqadi.
Striklendning murabbiyi Erik Niksikning so'zlariga ko'ra, o'sha kuni yarim og'ir vazn toifasida UFC chempioni Aleks Pereyra ham Striklendning sekundantlari qatorida bo'ladi.
Hozirda jamoadosh hisoblanuvchi Aleks va SHon 2022 yilda UFC 276 turniri doirasida jang qilgan. O'shanda Pereyra raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratgandi.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar