06 jan 10:00
Yangiliklar
Aleks Pereyra UFC 313 turnirining markaziy jangida oktagonga chiqishi mumkin
Raqamlangan UFC 313 turnirining markaziy jangida aynan braziliyalik chempion o'z kamarini himoya qilishi kutilmoqda. Vaziyatga yaqin bir-biridan mustaqil manbalar bu haqda xabar berishyapti.
Xalqaro xotin-qizlar bayram kunidagi turnir kardi braziliyalik jangchilar bilan to'lib borayotgani ham bu xabarlar to'g'ri ekaniga ishora qiomoqda. Hozirgacha rasman tasdiqlangan 7 ta jangda 9 nafar braziliyalik aralash yakkakurash ustasi oktagonga chiqadi.
Avvalroq, Aleks Pereyraning o'zi ham raqib malum bo'lib ulgurgani, faqat bu xabar rasman UFC tomonidan elon qilinishini aytgan edi. Aleks raqib aniq reytingda birinchi o'rinni egallab turgan rossiyalik Magomed Ankalaev bo'lmasligini ham qo'shimcha qilgandi.
Malumot uchun, o'tgan yili Aleks Pereyra uchta muvaffaqiyatli chempionlik himoya janglarini o'tkazdi. Davogarlarning bari - Jamal Xill, Irji Proxazka va Xalil Runtri muddatidan avval nokautga uchratildi. Aleks World MMA Awards talqini bo'yicha yilning eng yaxshi MMA jangchisi deb ham topildi.
Fikrlar