19 fev 19:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleks Pereyra UFC Usik bilan jang tashkil qilib berishiga ishonadi
UFC chempioni Aleks Pereyra promoushen boks bo'yicha jahon chempioni Aleksandr Usikka qarshi jang tashkil etib berishiga ishonadi.
"Men avval ham boks jangi o'tkazishni istashimni aytganman. Raqib haqida ham so'rashgan. Men chempionman va Usik ham chempion. SHuning uchun ham bu jangni istayman. U ham bu jangga rozi.
Usikka qarshi jang - men istaydigan to'qnashuv. U ham bunga qarshi emas. UFC va boks promouterlari yaqindan hamkorlik qilishmoqda. SHuning uchun bu jang tashkil etilishiga ishonaman", - dedi Pereyra.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar