05 okt 11:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleks Pereyraning keyingi raqibi elon qilindi (POSTER)
Braziliyalik sobiq chempion Aleks Pereyraning keyingi raqibi og'ir vazn reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan rossiyalik Sergey Pavlovich bo'ladi.
Bellashuv UFC 335 turnirining ikkinchi asosiy jangiga aylanadi. Turnir 12 dekabr kuni Las-Vegasda o'tkaziladi.
UFC rasmiy saytiga ko'ra, Pavlovich va Pereyra o'rtasidagi jang besh raundga mo'ljallangan.
Pavlovich so'nggi bor may oyidagi UFC Fight Night 277 turnirida jang qilgan. U braziliyalik Tallison Teisheyrani nokautga uchratgan. Rossiyalik jangchi professional MMA faoliyati davomida 21 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Aleks Pereyra hisobida esa 13 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor. U 14 iyun kuni o'tkazilgan so'nggi jangida Siril Ganga texnik nokaut bilan imkoniyatni boy bergandi.

Havola :
Manba : ufc.ru
Fikrlar