25 iyu 00:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Emelyanenko navbatdagi jangini o'tkazdi
Rossiya Federaciyasining Sochi shahrida uzoq kutilgan ACA 107 turniri bo'lib o'tdi.
Kechaning markaziy jangida Aleksandr Emelyanenko Magomed Ismailovga qarshi oktagonga chiqdi. Uch raundga mo'ljallangan jang muddatidan oldin yakunlandi.
Jang davomida dog'istonlik sportchi to'liq ustunlikka erishdi. Uchinchi raundga kelib ketma-ket hujumlar natijasida Emelyanenko o'zini himoya qila olmadi va yakunda hakamlar jangni to'xtatishdi. SHu tariqa Magomed Ismailov texnik nokaut evaziga Emelyanenkoni mag'lub etdi.
Birozdan so'ng saytimizga jangdan lavhalar joylashtiriladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar