21 sen 16:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Emelyanenko Xabib Nurmagomedov bilan jang uchun shartini aytdi
Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Aleksandr Emelyanenko qaysi holatda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedovga qarshi jang o'tkazishini aytdi.
Emelyanenkoning so'zlariga ko'ra, agar Nurmagomedov faoliyatini qayta boshlashga va u bilan jang qilishga qaror qilsa, u rad etmaydi.
«Xabib qaytib kelib men bilan jang qilmoqchi bo'lsa men bundan bosh tortmayman. Har qanday takliflarga tayyorman. Tarasovni ham men tanlamadim, u meni jangga chorladi. Menga farqi yo'q»,- deya Emelyanenkoning so'zlaridan iqtibos keltiradi Vseprosport.
SHu bilan birga, Emelyanenko Nurmagomedov bilan jang reallikdan uzoq ekanligini tan oldi.
«Umuman haqiqiy emas. Xabib - bokschi emas, jangchi. Bundan tashqari, Nurmagomedov hamma janglarida raqibi parterga yiqitib engadi. Menimcha, u stoykada nokaut bilan g'alaba qilolmaydi», - deya qo'shimcha qildi Aleksandr.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar