07 iyu 15:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleksandr Usik nima uchun birinchi og'ir vazn toifasiga qaytmoqchi ekanligini aytdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik vazn toifasini o'zgartirish rejalari haqida gapirdi.
"Balki revanshdan so'ng (Tayson Fyuri bilan) vazn toifamni o'zgartirarman. Birinchi og'ir vazn toifasida jang qilmoqchiman. Ikkinchi marta mutlaq jahon chempioni bo'lmoqchiman. Rejam shunday.
Gap shundaki, mashg'ulot lageri boshlanganidan so'ng men ko'p ovqat eyishim kerak bo'ladi. Bu esa men uchun og'ir", - dedi ukrainalik bokschi.
Havola :
Manba : 3 Knockdown Rule
Fikrlar