29 sen 12:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Usik: "Uchinchi raundda Joshuaning jag'iga yaxshigina zarba berdim, qonni sezganday bo'ldim"
Og'ir vaznda WBA, WBO, IBF va IBO chempionlik kamarlarining yangi sohibi Aleksandr Usik Entoni Joshuaga qarshi jangdagi muhim vaziyatlardan birini esladi.
"Qaysidir raundda, menimcha uchunchi raundda bo'lsa kerak, uning jag'iga yaxshigina zarba berdim. Qonni sezganday bo'ldim va oldinga bordim. Bu raund juda bosimli bo'ldi.
Murabbiyimga rahmat, menga nima qilmaslik kerakligi haqida ajoyib tushuntirish berdi. Butun jang davomida burchagimdagilar qimmatli topshiriqlarni berib turishdi va bu jangni nazorat qilishimga yordam berdi.
Hozir ko'zim ostida bir nechta ko'karishlar hamda to'rtta kamarim bor. Yangi kun - yangi rejalar. Ikki vaznda chempion bo'lish? Bu juda kulgili. Aytgancha, "Instagram"da ham anchagina obunachi to'pladim", - deydi Usik.
Havola :
Manba : BoxingNews24
Fikrlar