18 iyu 17:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Ali Abdel-Aziz: "Usman bilan jangdan keyin Kovington ko'r bo'lib qolishiga umid qilaman"
UFC chempioni Kamaru Usmanning menejeri Ali Abdel-Aziz mijozining Kolbi Kovington bilan revansh jangi haqida gapirdi.
"Bu juda zo'r jang bo'ladi. Oldingi safar Usman va Kovington jang qilganda, Kolbining jag'i singandi. Bu safar u ko'r bo'lib qolishiga umid qilaman. Axir, biz juda yomon inson haqida gapiryapmiz. Uning yomonligi Konor Makgregor bilan bir darajada.
Kolbi irqchi. U insonlarni dinini, xotinini haqorat qiladi. Dastin Porening xotinini ham juda qo'pol ravishda haqorat qildi. Ular Dastin bilan birga mashq qilishgan, tushlik qilishgan. Qanday qilib bunchalikka borish mumkin?", -dedi Ali Abdel-Aziz.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar