28 fev 18:00
        Yangiliklar	
	
				
				    Sambo			    
				 
				
			 
				Alisher Alimov Moskvada Xalqaro sambo federaciyasi (FIAS) prezidenti bilan uchrashdi
Ayni kunlarda O'zbekiston sambo associaciyasi raisi Alisher Alimov xizmat safari bilan Moskva shahrida bo'lib turibdi. 
			Ushbu safar davomida associaciya raisi Xalqaro sambo federaciyasi (FIAS) ofisiga, xalqaro sambo markaziga tashrif buyurdi. U erda FIAS prezidenti Vasiliy Borisovich SHestakov bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida O'zbekistonda sambo rivoji va kelajagi haqida bir qator masalalar muhokama qilindi. Alisher Alimov uchrashuv davomida yurtimizda samboni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida o'rtoqlashdi.
O'z navbatida Xalqaro sambo federaciyasi FIAS prezidenti SHestakov V.B. mamlakatimizda samboni yanada rivojlantirish yo'lida o'zining tegishli tavsiya va maslahatlarini berdi.

            Havola            :         
                    Manba                : t.me/uzbekistan_sambo
             
			
Fikrlar