So’nggi yangiliklar

19:22Сарвар Зафаржонов Осиё чемпиони! 0 19:01Игорь Сергеев терма жамоа машғулотлари ҳақида: "Жисмоний жиҳатдан юқори юкламалар бериляпти" 0 18:39"Отаси миллиардер бўлсада, дангаса эмас". Эксперт Царукян ҳақида гапирди 0 18:17"Жуда ҳайронман". Имавов Чимаевнинг мағлубияти ҳақида фикр билдирди 0 17:52"Ҳали 100 фоиз эмас". Усик келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 17:26"Барселона"нинг ёзги асосий транфер мақсади маълум 0 17:01"Афсуски, бу амалга ошмайдиган кўринади" - Нганну Жонс билан жанг ҳақида гапирди 0 16:48Қарши ОПСТТМ ходимлари ва спортчиларининг пойтахтга сафари самарали бўлди 0 16:39Жейк Пол Дана Уайт ўзига тақиқ қўйганини айтди 0 16:22БУММ! Рамазон Темиров UFC чемпионлиги учун собиқ даъвогар билан жанг қилади, рақиб топ-10дан! 0 16:16Чимаев қанча муддатга жанглардан четлатилгани аниқ бўлди 0 15:51Ўзбекистонлик ҳакамлар U-17 Осиё Кубогининг навбатдаги баҳсида ишлайди 0 15:27Фрэнсис Нганну: "Мен MMA тарихидаги энг яхши жангчиман" 0 15:05Афсонавий Гарри Каспаров Синдаровни яна бир афсонага қиёслади 0 14:44Асадхўжа Мўйдинхўжаев эртанги жанги олдидан Англияда очиқ машғулот ўтказди (ВИДЕО) 0

30 okt 13:41
Yangiliklar

Qilichbozlik

Alisher Usmonov: "Men avvalgidek sevimli sport turimga sodiqman"

Asli o'zbekistonlik, hozirda Rossiya fuqarosi bo'lgan taniqli tadbirkor Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federaciyasi prezidentligiga qaytishi mumkinligiga munosabat bildirdi.

"Dunyoning 100 dan ortiq milliy federaciyalari tomonidan Xalqaro qilichbozlik federaciyasi prezidentligiga nomzodim ko'rsatilishi va qo'llab-quvvatlanishini xalqaro qilichbozlik bo'yicha o'tgan 15 yil davomida erishilgan yutuqlarning etirofi va ishonch belgisi deb bilaman. 103 ta federaciyaning har biriga, qolaversa, meni qo'llab-quvvatlagan sport rahbarlariga aytgan iliq so'zlari uchun minnatdorchilik bildiraman.

SHu bilan birga, FIE prezidentini saylash tartibi tashkilot Nizomi bilan tartibga solinadi. Noyabr oyi oxirida Toshkentda bo'lib o'tadigan Xalqaro qilichbozlik federaciyasi Kongressini kutish kerak. Men avvalgidek o'zimning sevimli sport turimga sodiqman. Xalqaro qilichbozlik hamjamiyatiga bundan keyin ham muvaffaqiyatlar va sport g'alabalarini tilayman", dedi Usmonov MatchTV bilan suhbatda.

Saylovlar bo'lib o'tadigan FIE Kongressiga 30 noyabr kuni Toshkent shahri mezbonlik qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing