21 apr 09:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Alistar Overim Oleynikni nokautga uchratdi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC oqshomi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda rossiyalik sportchi Aleksey Oleynik Alistar Overimga qarshi oktagonga chiqdi. Besh raundga mo'ljallangan jang muddatidan ancha avval yakunlandi.
Jangning birinchi raundida Aleksey raqibiga aniq zarba berdi, lekin muvaffaqiyatini davom ettira olmadi. O'ziga kelib olgan tajribali Overim tizzasi bilan bergan zarbasi evaziga raqibini qulatdi. Parterdagi zarbalardan keyin esa referi jangni to'xtatdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar