26 apr 09:47
Yangiliklar
Aljameyn Sterling ishtirokidagi UFC turnirining asosiy jangi to'liq davom etdi + FOTO
Oqshomning asosiy jangi yarim engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni amerikalik Aljameyn Sterling hamda yarim engil vazn reytingida ettinchi o'rinni egallab turgan uning hamyurti Yussef Zalal o'rtasida bo'lib o'tdi. Jang to'liq besh raund davom etdi va yakunda tajribali Sterling hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi.
SHu tariqa, Aljameyn Sterlingning MMAdagi g'alabalari 26 taga (11 tasi muddatidan avval) etdi. Mag'lubiyatlari soni 5 taligicha qoldi. U professional MMAda 2011 yilning aprelida debyut qilgan edi. Bugungi g'alaba Sterling uchun ketma-ket ikkinchisi bo'ldi.
Yussef Zalal esa bugun professional faoliyatidagi oltinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobidagi g'alabalari 18 taligicha (14 tasi muddatidan avval) qoldi. Yana bitta jangida durang natija qayd etilgan edi.





Fikrlar