15 iyu 10:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Aljameyn Sterling vanihoyat Yan bilan revansh muddatini aytdi
UFC chempioni Aljameyn Sterling Petr Yan bilan revansh qachon bo'lishini aytdi.
"O'ylashimcha, revansh noyabr yoki dekabr oylarida o'tkaziladi. Agar jang noyabr oyida bo'lsa, unda biz "Madison Square Garden"da jang qilamiz. Dekabr oyida bo'lsa, unda Las-Vegasda. Dana Uayt esa jangni Abu-Dabida o'tkazish haqida so'radi. Pyotr mashg'ulotlarini Floridada o'tkazyapti. Jang AQSH'da bo'lgani yaxshi.
Nima bo'lganda ham ikkimiz jang qilishga tayyormiz. Men tezroq oktagonga qaytmoqchiman. Yanni ovozini o'chirib qo'yadigan payt keldi. Hamma meni ayblayapti. Buni to'xtatish vaqti keldi", - dedi Aljameyn Sterling.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar